DARYO NISHABLIGI

DARYO NISHABLIGI – Daryo manbasi (boshlanish joyi) bilan mansabi (quyilish joyi) yoki muayyan qismi suvi yuzasi balandliklarining farqi. Balandliklar farqining Daryo uzunligiga nisbati nishablik deyiladi. Daryo nishabligi 1 kilometr uzunlikka nisbatan o’lchanadi; tekislik daryolari uchun 1 kilometrga bir necha santimetr, tog’ daryolari uchun 1 kilometrga bir necha metrni tashkil qiladi. Masalan, daryoning boshlanish joyi balandligi bilan quyilish joyi balandligi orasidagi farq 200 metr. Daryoning uzunligi 100 kilometr, nishabligi 200 metr: 100 kilometr = 2 metr/ kilometr bo’ladi.