DHARMA
DHARMA (sanskritcha) — 1) hind falsafasi va ko’pgina dinlaridagi bir necha ma’noga ega bo’lgan asosiy tushunchalardan biri; abadiy axloqiy qonun; to’g’ri yashash uchun belgilangan axloqiy-ijtimoiy qoida (burch) — bu ma’noda har qaysi odam o’z Dharmasiga ega. 2) Budda diniy ta’limotiga ko’ra, — butun mavjudot va odam hayoti psixofizik belgilarining birlamchi unsurlari. Dharma abadiydir, doimo paydo bo’lib, yo’qolib turadi; ularning tug’yoni azob-uqubatlar manbai bo’lib, Nirvana holatida to’xtaydi.