DASTBAND
DASTBAND (fors— qo’l va tugun) — 1) ashula va cholg’u kuylar turkumida ta’lifiy qism, Sarband (bosh kuy) ning sinonimi; 2) «Saqil ul-avval» («birlamchi og’ir, vazmin») davr (usul) ining ko’rinishlaridan biri; 3) o’rta asr musiqa risolalarida dastonning muqobili, ya’ni sozdagi muayyan parda ma’nosida ishlatilgan.