DUNASR

DUNASR (fors, du — ikki va Arab, Nasr — yordam, g’alaba) — an’anaviy mumtoz musiqa shakllarining tarkibiy tuzilmasi; kuy rivojini ta’minlovchi vositalardan biri. Dunasr, asosan, maqom yo’llari, shuningdek, bastakorlik ijodiyotiga molik ashula va cholg’u namunalarida uchraydi; unda odatda boshlang’ich kuy tuzilmasi (sarxat yoki daromad) bir oktava balandlikka ko’chirilib (o’zgarmay yoki qisman o’zgargan holda) takrorlanadi.