DASTSHO’Y

DASTSHO’Y, dashshu — qo’l yuvishda ishlatiladigan ro’zg’or buyumi. Qo’qonda dashshu, Andijon, Farg’ona, Namanganda chilopchin deb ataladi. Dastsho’y 3 qismdan — dumaloq yassi (ba’zan kungurali) palla, suvdon va shabakali (panjarasimon) qopqoqdan iborat. Dastsho’ylarning shakli va yasalish usuli bir xil, lekin ular turlicha bezatiladi. Asosan mis, sopol, tunukadan yasalgan. Dastsho’y qadimda obdasta (oftoba) bilan birga qo’shib sotilgan. Buxoro, Toshkent, Fargona vodiysi, Xorazmda Dastsho’y minokorlik, sovotkorlik uslubida girih, islimiy naqshlar, ayrim hollarda tasvirlar bilan bezatilib, har xil qimmatbaho toshlar qadalgan, rangli surgichlardan foydalanilgan. Shahrisabz, Qarshida mis Dastsho’ylarga oq qalayi qoplab turli mis bezaklar qadalgan. Dastsho’y namunalari respublika muzeylarida saqlanadi.