DAUGAVPILS
DAUGAVPILS — Latviyadagi shahar, Daugava daryosidagi pristan. Temir yo’l tuguni. Aholisi 14,8 ming kishi (2000). Kimyoviy tola ishlab chiqaruvchi birlashma, elektr asboblar, xarakatlantiruvchi zanjir ishlab chiqarish zavodlari, yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari sanoati korxonalari, mebel kombinati bor. Pedagogika instituti, badiiy-o’lkashunoslik muzeyi, teatr mavjud. Daugavpilsga 1275 yil Dinaburg qal’asi sifatida Livon ordeni asos solgan, 1656-67 yillarda Borisoglebsk. 1893 yildan Dvinsk, 1920 yildan Daugavpils deb atalgan.