DAXAU

DAXAU (Dachau) — fashistlar Germaniyasining Daxau shahri (Myunxen yaqinida) atrofidagi 1 – kontsentrasining lageri. 1933 yilda tashkil etilgan. Fashistlar rejimiga qarshi kishilar hamda kommunistlar saqlangan. 2-jahon urushida nemis fashistlari okkupatsiya qilgan hududdagi kishilarni ommaviy qamash markaziga aylangan. Daxau 100 ming mahbusga mo’ljallangan. 70 ming kishi qiynab o’ldirilgan. 1960 yilda Daxauda halok bo’lganlarga haykal o’rnatilgan.