DOR UL-BAQO
DOR UL-BAQO (Arabcha — abadiy uy) — Islom dinida abadiylik dunyosi, oxirat (narigi dunyo) haqidagi tushuncha. Bunga ko’ra, u dunyoda o’lim yo’q, doimiy hayot hukm suradi, noz-ne’matlar zavol topmaydi, taomlar o’z-o’zidan hazm bo’ladi, chiqindilar bo’lmaydi. Qur’onda oxiratning abadiyligiga dalolat qiluvchi oyatlar bor.