DENGIZ KARAMI

DENGIZ KARAMI – laminariyadoshlar oilasiga mansub dengiz qo’ng’ir suv o’tlari guruhining sanoatdagi nomi. Shimoliy yarim shardagi sovuq va sovuq-iliq dengizlarda o’sib, ko’pincha suv osti o’tloqlarini hosil qiladi. Yaponiya laminariyasining bo’yi 5 metr, eni 5-35 santimetr, Xitoy va Yaponiyada ovqatga ishlatiladi. Dengiz karamidan yod olinadi.