DOYL (DOYLE) ARTUR KONAN
DOYL (DOYLE) ARTUR KONAN (1859.22.5, Edinburg — 1930.7.7, Krouboro) — ingliz yozuvchisi. Edinburg univrsitetini tamomlagan. Shifokor. Ijodini «Sesassa vodiysining siri» (1879) hikoyasi bilan boshlagan. «Badarg’a qilinganlar» (1893), «Sardor Jerar jasorati» (1894— 95), «Rodney ston» (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, «Yo’qolgan dunyo» (1912), «zaharlangan mintaqa» (1913), «Marakot jarligi» (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifi. Doylga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms bo’lgan detektiv janrdagi «To’rtlar belgisi» (1890), «Baskervillar iti» (1901-02), «dahshatlar vodiysi» (1914-15) sarguzasht qissalari va «Sherlok Xolms sarguzashtlari» (1891— 92), «Sherlok Xolms haqida xotiralar» (1892-93) hikoyalar to’plamlari va boshqalar katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan. Doylning «Baskervillar iti» (1971), «Yo’qolgan dunyo» (1983) va boshqa asarlari o’zbek tilida nashr qilingan.