DIOKLETIAN
DIOKLETIAN (Diocletianus) (243— 313/316) — qadimgi Rim imperatori (284— 305). Imperiyadagi ahvolni yaxshilashga olib kelgan bir qancha islohotlarni o’tkazgan (o’ziga uchta taxtdosh tayinlagan, imperiyani 4 ta qismga, bu qismlarni esa 12 diosezlarga taqsim etgan; armiyani kuchaytirib, uning sonini 450 ming askarga etkazgan; soliklarni tartibga solgan va boshqalar). Dominat (cheklanmagan monarxiya) tuzumining o’rnatilishi Diokletian nomi bilan bog’liq. 303-304 yillarda xristianlarni quvg’in qilgan. Bu voqea keyinchalik xristian va Islom dini muqaddas kitoblarida aks etgan (masalan, Qur’oni karimdagi «Kahf» surasi). Diokletian nomi Sharq xalqlari orasida Daqyonus shaklida ham mashhur.