DIOKSANLAR
DIOKSANLAR — oddiy tsiklik efirlar. Molekulyar modda 88,10, rangsiz yonuvchan suyuqlik. Suv, spirt va efirga yaxshi aralashadi. Suv bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Kuchsiz oksidlovchilar, suyultirilgan kislota va ishqorlar, ammiak ta’siriga chidamli. Barqaror komplekslar, masalan, Br2, SO, fosfat kislota bilan bromlash, sulfidlash, fosforillashda qo’llaniladigan birikmalar olishda ishlatiladi. Kimyoviy xossalari jihatidan oddiy alifatik efirlarga o’xshaydi. Etilenglikolni sulfat kislota bilan haydab olinadi. Atsetilsellyuloza, smola, kauchuklar, mineral va o’simlik moylarini yaxshi eritadi. Ko’pgina bo’yoq va detergentlarga erituvchi sifatida qo’shiladi. Neft moylarini tozalashda ishlatiladi. Uchta izomeri mavjud: 1,2 D; 1,3 D va 1,4 D. 1,2 D piroksid, gidrogenlanganda 1,4-butandiol, kislotali yoki ishqoriy muhitda gidrolizga uchratilsa, 4-gidroksi-moy aldegid hosil qiladi. Qaynash temperaturasi 116-117°, zichligi 1000,9 kg/m3. 1,2 D bis-metilsulfonat 1,4-butandiolga vodorod peroksid ta’sir ettirib olinadi. 1,3 D — kimyoviy xossalari jihatidan tsiklik atsetal. Suyuqlanish temperaturasi 42°, qaynash temperaturasi 105°, zichligi 1034,2 kg/ m3. SNO bilan 1,3-propandiolni o’zaro ta’sir ettirish usuli bilan olinadi. 1,3 D yelim (elastiklik xususiyatini oshiradi), bo’yoq (saqlanganda bo’yoq yuzasida parda hosil bo’lishini kamaytiradi) ishlab chiqarishda qo’llaniladi. 1,4 D (dietilendioksid) — o’ta gigroskopik modda. Suyuqlanish temperaturasi 11,3°, qaynash temperaturasi 101,32°, zichligi 1033,6 kg/m3.