DIOSKURIADA
DIOSKURIADA, Dioskuriya – qora dengiz qirg’og’idagi (hozirgi Suxumi shahri o’rnida) antik shahar. Miletlik yunonlar tomonidan miloddan avvalgi 6-asrda qurilgan. Dioskuriada Kavkaz qabilalari bilan tuz, qoramol, mum, bug’doy, qullar bilan yirik savdo aloqalari olib borgan. Savdo markazi bo’lgan. Milodiy 1-asrning boshlarida Rimga tobe bo’lib, unda Rim garnizoni o’rnashgan; shahar Sebasto-polis deb atalgan. Milodiy 2-3-asrlarda taraqqiy etgan, 4-asrdan tanazzulga yuz tuta boshlagan. 6-asrgacha qal’a. Dioskuriada joylashgan erning cho’kishi natijasida Dioskuriada xarobalari Suxumi buxtasining tubida qolgan.