DIOFANT
DIOFANT (taxminan 3-asr) — yunon matematigi. Aleksandriyada yashagan. «Arifmetika» nomli risolasining bir qismi (13 kitobdan 6 tasi) va ko’p burchakli sonlar haqidagi kitobining ba’zi qismlari bizgacha saqlangan. «Arifmetika»da Diofant, asosan, darajasi to’rtgacha bo’lgan tenglamalarga oid masalalarning, keyinchalik, o’z nomi bilan atalgan anikmas tenglamalarning yechilishini topgan. Diofant tenglama yechimini butun sonlarda qidiradi. Matematikada Diofant nomi bilan yuritiladigan yaqinlashtirishlar, tenglamalar bor. Diofant algebraik va nazariy-sonli masalalarni umumiy yechish usullarini bermagan holda ularni ustalik bilan yechgan. Diofant asarlari P. Ferma, L. Eyler, K. Gauss va boshqa olimlarning tadqiqotlari uchun asos bo’lgan.