DISAXARIDLAR

DISAXARIDLAR, biozalar, S|2N22OP — molekulalari ikki monosaxarid qoldig’idan tuzilgan uglevodlar, hammasi glikozidlar tipida tuzilgan. Qaytarish xossasiga ega bo’lmagan Disaxaridlarga 2 glyukoza qoldig’idan tuzilgan tregaloza (mikoza), glyukoza va fruktoza krldiklaridan tuzilgan saxaroza va boshqalar, qaytaruvchi xossali Disaxaridlarga maltoza, tsellobioza, laktoza va boshqalar kiradi. Disaxaridlar kristallanadi, suvda, 45-48°li spirtda eriydi; chuchmal. Kislotalar ta’sirida gidrolizlanganda monosaxaridlar hosil bo’ladi. Disaxaridlar o’simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan. Odatda, tabiiy manbalardan (masalan, saxaroza — qand lavlagi yoki shakarqamishdan, laktoza — hayvonlar sutidan) olinadi. Aksarisi kimyoviy va biokimyoviy usullar b-n sintezlanadi. Saxaroza, laktoza va maltoza — qimmatli oziq-ovqat va ta’m beruvchi moddalar.