DISKVALIFIKATSIYA

DISKVALIFIKATSIYA (dis… va kvalifikatsiya) (sportda) — 1) musobaqa qoidalarini texnik jihatdan buzganligi uchun sportchi (yoki jamoa) ni erishgan natijalari, egallagan o’rni va boshqalardan mahrum qilish; 2) sportchini axloqiy normalarni buzganligi yoki sport kvalifikasiyasi talablariga mos kelmasligi tufayli musobaqalarda qatnashishdan chetlatish (ba’zan bunday Diskvalifikatsiya natijasida sportchining unvoni ham bekor qilinadi). Diskvalifikatsiya shartli bo’lishi mumkin. Diskvalifikatsiya haqidagi qaror sport klublari, jamiyatlari, federasiyalari va sport qo’mitalari tomonidan qabul qilinadi.