DISLOKATSIYALAR

DISLOKATSIYALAR (lotincha dislocation siljish) — 1) kristallarda — kristall panjara nuqsonlari; bunda chiziqlar bo’ylab yoki ularga yaqin joylarda atom qatlamlarining to’g’ri joylashishi buzilgan bo’ladi. Tugallanmagan va burama Dislokatsiyalar eng oddiy Dislokatsiyalar Kristall ichidagi bir qatlam tugallanmagan yoki kristall tekisligi burama chiziqdan iborat bo’lganda kuzatiladigan dislokasiya (siljish) hisoblanadi. Ba’zan ikkala Dislokatsiyalar ham bir paytning o’zida sodir bo’lishi mumkin. Kristallar ichida atom qatlamlaridan biri uzilgan bo’lsa, tugallanmagan Dislokatsiyalar vujudga keladi. Burama Dislokatsiyalarda kristall ichida bironta atom qatlamlari uzilmaydi, lekin bir-biri bilan shunday jipslashib ketadiki, kristall burama chiziq bo’ylab bukilgan bitta qatlamdan iboratday bo’lib qoladi. Dislokatsiyalar kristallning mustahkamligiga, elektr o’tkazuvchanligiga, optik, magnit va boshqa xossalariga kuchli ta’sir qiladi. Nuqsonlar kristallar xossalarining o’zgarishiga sabab bo’ladi; 2) geologiyada — yer po’stidagi endogen (tektonik harakatlar, magmatik, metamorfik jarayonlar) va ekzogen (muzliklar harakati, ko’chki, karst, Daryo eroziyasi va boshqalar) jarayonlar natijasida tog’ jinslari dastlabki yotish holatining o’zgarishi. Dislokatsiyalar Burma hosil qiluvchi (plikativ) va uzilish (diz’yunktiv) ga bo’linadi, goho yana in’yektiv Dislokatsiyalar ajratiladi.