DISKRETLIK

DISKRETLIK (lotincha discretus — ajratilgan, uzlukli) — 1) muayyan hodisa, jarayon, tizim va boshqalarning uzlukliligi, uziluvchanligi; uzluksizlikka qarama-qarshi qo’yiladi. Masalan, fizika va kimyoda Diskretlik material tuzilishining donadorligini, atomlardan iboratligini bildiradi. Fan tarixi va ijtimoiy hayot Diskretlik bilan uzluksizlikning bir-biriga qarama-qarshiligini emas, balki uyg’unligini, bir-biriga bog’liqligini ham tasdiqlaydi; 2) matematikada — butun sonlar tizimi haqiqiy sonlar tizimiga nisbatan uzlukli (diskret) hisoblanadi. Masalan, agar nuqtalar to’plami limit nuqtaga ega bo’lmasa, bunday to’plam Diskretlik xossasiga ega hisoblanadi.