EBULIOSKOPIYA
EBULIOSKOPIYA (lotincha qaynayman va …skopiya) — eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishini toza erituvchi qaynash trasiga qiyoslab o’lchashga asoslangan fizikkimyoviy tekshirish usuli. Ebulioskopiya krioskopiya kabi erigan moddaning molekulyar moddani o’lchashda qo’llanadi. Ebulioskopiya. usulini F. Raul 1882— 88 yillarda taklif etgan. Raul qonuniga muvofiq, erituvchining to’yingan bug’bosimi uchramaydigan modda eritmasi ustidagi kontsentrasiyaga proportsional ravishda kamayadi. Moddalarning molekulyar moddani Ebulioskopiya usuli bo’yicha anikdashda toza erituvchining qaynash temperaturasi o’lchanadi. Keyin toza erituvchidan ma’lum miqdorda tortib olinadi va unga tekshirilayotgan moddadan aniq o’lchab qo’shiladi, hosil bo’lgan eritmaning qaynash temperaturasini o’sha termometr (yoki termopara) yordamida o’lchanadi. Ebulioskopik o’lchash murakkabligi tufayli krioskopiya usuliga qaraganda kamroq qo’llanadi.