EVDEMONIZM

EVDEMONIZM (Yunoncha Eisla1top1a — baxt-saodat, rohat-farog’at) — baxtsaodatga intilishni inson axloqiy faoliyatining mezoni hamda asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblovchi axloqiy ta’limot. Evdemonizm gedonizm bilan uzviy bog’liq bo’lsada, undan ma’lum darajada farq qiladi. U yunon etikasining asosiy printsiplaridan biri hisoblangan. Evdemonizm Sokratning shaxsning ichki erkinligi, tashqi dunyoga qaram emasligi to’g’risidagi g’oyasi bilan uzviy bog’liq. Evdemonizm baxt-saodatni jismoniy va bir lahzali huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma’noda, ya’ni jismoniy va ma’naviy qadriyatlarning majmui tarzida tushunadi. Evdemonizm ta’limotiga ko’ra, o’z shaxsida mazkur qadriyatlarni mujassamlashtira olgan kishigina chinakam baxtsaodat sohibidir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog’at baxsh etadi. Demokrit, Epikur, Forobiy, Ibn Sino, L. Feyerbax Evdemonizmning namoyandalaridir.