EVPATRIYLAR
EVPATRIYLAR, evpatriylar (Yunoncha — mo’tabar otalar) — Afinada zodagon yer egalari. Rivoyatlarga ko’ra, Tesey davrida (miloddan avvalgi taxminan 13-asr) tashkil topgan erkin aholining 3 tabaqasidan biri (geomorlar — mayda yer egalari va demiurglar — hunarmandlar qatori). Miloddan avvalgi 8 — 6-asrlarda Evpatriylar ijtimoiy-mulkiy tabaqalanish jarayonida eng yaxshi erlarga ega bo’lib olishgan. Ularning yerlarida ishlovchi chorakorlarga hosilning 5/6 qismini berishgan, siyosiy hokimiyat ham ular qo’lida to’plangan (faqat Evpatriylargina arxontp mansabiga saylanib areopag a’zosi bo’lishi mumkin edi). Qonun chiqaruvchilar Solon (miloddan avvalgi 594-93 yillar) va Klisfen (miloddan avvalgi 6-asr oxiri) ning demokratik islohotlari tufayli o’z imtiyozlaridan mahrum bo’lishgan.