EVRIGALIN HAYVONLAR

EVRIGALIN HAYVONLAR (evri… va Yunoncha panpok — sho’rlangan) — muhit sho’rlanishining keng miqyosda o’zgarishiga chidamli bo’lgan suv yoki tuproq hayvonlari. Evrigalin hayvonlarga dengiz sohilida, daryolar quyilishida, sho’rlangan yoki kuchli sho’rlangan suv havzalarida yashaydigan hayvonlar, dengizdan daryolarga o’tib uvildiriq tashlaydigan baliqlar kiradi. Evrigalin hayvonlar orasida artemiya qisqichbaqasi 20 dan 40% gacha sho’rlangan, hatto vaqtinchalik chuchuklashgan suvlarda yashay oladi. Evrigalin hayvonlarda sho’rlanishning o’zgarishiga chidamlilik xususiyati ular ichki muhitidagi suyuqlikda osmotik faol moddalar kontsentrasiyasining nisbiy doimiyligini boshqarib turuvchi osmoregulyatsiya mexanizmi bilan bog’liq.