EGAT OLIB SUG’ORISH

EGAT OLIB SUG’ORISH sug’orish usullaridan biri. Suv har bir egat bo’ylab yoki egat oralab oqiziladi. Ekinlarni bir me’yorda (zaxlatib) va qondirib sug’orishni, suvni tejamli sarflashni ta’minlaydi. Asosan, chopiq qilinadigan ekinlar (g’o’za, sabzavot, makkajo’xori va boshqalar), shuningdek, bog’ va tokzorlar shu usulda sug’oriladi.