Edip
Edip — yunon mifologiyasida Fiva shahrining shohi. Avvalgi shoh Lay va uning xotini Iokastaning o’g’li. Edip tug’ilgandan keyin otasining buyrug’iga binoan (otasiga o’z o’g’li tomonidan o’ldirilishi bashorat qilib aytilgani uchun) Kiferon tog’iga tashlab kelinadi. Cho’ponlar tomonidan qutqarib qolingan Edipni Korinf podshosi Polib tarbiyalaydi. Voyaga yetgan Edip Fivaga yo’l oladi va o’zi bilmagan holda otasini o’ldirib, Fiva taxtini egallaydi hamda onasiga uylanadi. O’zining mudhish jinoyatini keyinchalik bilgan Edip o’z ko’zini o’yadi va sodiq qizi Antigona hamrohligida Fivadan chiqib ketadi. Afina chekkasidagi Kolon degan joyda vafot etadi. Dunyo adabiyotida, jumladan, Sofoklning «Shoh Edip», Volterning «Edip» asarlarida Edip obrazi yorqin talqin etilgan.