EZOP
EZOP (miloddan avvalgi 6-asr) — yunon masalchisi. Rivoyatlarga qaraganda, Ezop frigiyalik qul bo’lib, so’ng ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda bo’lgan, Delfada o’ldirilgan. Antik davrda ma’lum bo’lgan deyarli barcha masallarning syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi 4—3-aslardan boshlab to’plangan va «Ezop masallari» kitobiga kiritilgan. Milodiy 10— 15-asrlardagi qo’lyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan. Ezop masallari g’oyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) o’ta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan; tili sodda, jonli tilga yaqin. Ezop masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-asr) dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovtacha Ezop masallari syujetini davrga moslab ijodiy rivojlantirganlar. Ad.: Gasparov M. L., Antichnne literaturnme basni, M., 1971. Eyve Maxgilis (Maks) (1901.20.5, Vatergrafsmer, Niderlandiya — 1981.27.11, Amsterdam) — niderlandiyalik shaxmatchi. Xalqaro grossmeyster (1950), mat. fanlari dri, Tilburg va Rotterdam un-tlarining prof. (1964— 71). Jahonning 5-chempioni (1935-37). FIDE prezidenti (1970-78).