EYFEL MINORASI

EYFEL MINORASI — A.G. Eyfel loyihasi bo’yicha Parijda qurilgan metall minora. 19-asr texnikasi yutug’i ramzi sifatida Jahon ko’rgazmasi (1889) uchun qurilgan. 1931 yilgacha dunyoning eng baland va og’ir inshooti hisoblangan (balandligi 300 metrga yaqin, massasi 9 ming tonna, shundan 7,3 ming tonnasi metall konstruktsiyalar). Minoraning quyi qismi kvadrat piramida shaklida, uchida pavilon va mayoq bor, tepasida. diametri 1,7 metrli maydoncha qurilgan. Radioeshittirish va teleko’rsatuvlarning muhim markazi hisoblanadi. Eyfel minorasini qurishda metall konstruktsiyalarni montaj qilishning o’sha davr uchun eng ilg’or hisoblangan usullari qo’llangan. Eyfel minorasi Parij aholisi va sayyohlar uchun eng qiziqarli ko’ngilochar maskan hisoblanadi.