EKER
EKER (Fransuzcha — to’rtburchak kesaman) (geodeziyada) — joyda (yerda) burchaklar yasash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. Eker bilan asosan 45° yoki 90° ga qoldiqsiz bo’linadigan burchaklar yasaladi. Ularning bir necha turi bor. Amalda qaytaruvchi Ekerlar ko’proq ishlatiladi. Ular ko’zguli (ikki va uch ko’zguli) va prizmali bo’ladi. Ikki ko’zguli Ekerda ikkita ko’zgu bir-biriga 45° burchak ostida mis gardishga joylashtirilgan bo’ladi.