ESHITISH ORGANLARI

ESHITISH ORGANLARI, eshitish a’zolari — odam va hayvonlar sezgi organlari. Asosiy qismi tovushni qabul qilishga ixtisoslashgan reseptorlar hisoblanadi. Umurtqasiz hayvonlar orasida haqiqiy Eshitish organlari faqat hasharotlarda rivojlangan; ko’pincha ilk sezgi, ya’ni timpanal (to’g’riqanotlilar, chala qattiqqanotlilar, kapalaklar), ba’zan xordotonal, Jonston va boshqalar organlardan iborat. Timpanal organlar oyoqlarda, qorin yoki ko’krakda bo’lib, ular traxeyalar yoki havo bo’shliqlari bilan bog’langan kutikulyar, ya’ni nog’ora pardadan unga birikkan yoki traxeyalar bilan bog’langan xordotonal sensillalardan iborat. Jonston organ esa chivinlar mo’ylovining 2-bo’g’imida joylashgan. Yuksak rivojlangan sudralib yuruvchilar (masalan, timsohlar) da ilk bor nog’ora parda bilan qoplangan maxsus teri burmalari shaklidagi tashqi quloq paydo bo’ladi. U nog’ora pardani himoya qilib turadi. Tashqi quloq ayrim qushlarda ham bo’ladi. Quruqlikda yashaydigan hayvonlarning suvda yashashga o’tishi bilan tashqi quloq (kitsimonlar, kurakoyoqlilf); ayrim hollarda esa o’rta quloq ham reduktsiyaga uchraydi (delfinlar).