EKSPERIMENT
EKSPERIMENT (lotincha exreptepgshp — tajriba, sinab ko’rish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, o’rganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli. Mohiyat-e’tibori bilan tajriba tushunchasini ifodalasada, Eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan ob’yektni qayd etishni yoki hodisani sun’iy ravishda yuzaga keltirishni, tegishli texnika va moslamalarni tatbiq etish va o’lchash ishini o’z ichiga oladi. Eksperiment bilish ob’yektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning ob’yektga moddiy ta’sir ko’rsatishiga, voqelikni amaliy o’zlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida Eksperimentdan haqiqatni bilish va uni isbotlash vositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qo’llaniladi.