TABIIY GAZLAR

TABIIY GAZLAR — turli holatlarda uchraydigan gaz komponentlari majmui. Tabiiy gazlar tabiatda uchraydigan holatiga qarab quyidagicha tasniflanadi: atmosfera gazlari (kimyoviy, biokimyoviy, radiogen yo’l bilan hosil bo’lgan gazlar aralashmasi): yer pusti gazlari (tuproqdagi, tuproq ostidagi, balchiqdagi va biogen yo’l bilan hosil bo’lgan torf gazlari SO2, N2, O2 SN4 ni so, NH3, H2 va boshqalar bilan aralashmasi); cho’kindi jinslar gazlari (neft va Toshko’mirdagi gazlar, kimyoviy yo’l bilan xrsil bo’lgan aralash gazlar: SN4, N2, SO2 SN4 ni N2 va b. gazlar bilan aralashmasi); dengiz va okean gazlari (biokimyoviy, kimyoviy va radiogen yo’l bilan hosil bo’lgan gazlar: SO2, N2 ni N2 O2, NH3 va boshqalar bilan aralashmasi); metamorfik jinslar gazlari (kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan gazlar: SO2, N2 ni N2, H2S, SO2 va b. bilan aralashmasi); vulkan gazlari (kimyoviy yo’l bilan hosil bo’lgan gazlar: SO2, N2, SiO2, HCL, HF ni N2, CO, NH3 va boshqalar bilan aralashmasi); koinot gazlari (relikt gazlar, yulduzlarning tashqi qatlamlari atmosferasidan ajralgan gazlar yoki yangi va juda yangi portlashda ajratilgan gazlar: N2, ne, ionlashgan vodorod, so aralashmalari, SN, on radikallari bilan).