TAXMON
TAXMON — xona devoridagi ko’rpa-to’shak yig’ib qo’yiladigan maxsus joy. O’rta Osiyo turar joy me’morligida mehmonxona to’rining o’rtasiga (2 yoni tokchali, chinnilar terilgan), yotoqxonaning 2 yoniga (o’rtasi tokchali, kiyimlar taxlangan) ishlangan. Taxmonning eni va bo’yi taxlanadigan ko’rpa va sandik joylanishiga mo’ljallangan. Yuqori qismi ravoq va to’rtburchak shaklda qurilib, ganchkori bezak, muqarnas kosachalar va turli rangdagi yorqin bezaklar bilan pardozlangan.