TIR

TIR (Fransuzcha tir — otmoq) — qo’lda o’q otar yoki pnevmatik quroldan o’quvmashqda va musobaqalarda nishonlarga xavfsiz otish uchun mo’ljallangan sport inshooti. Yopiq, yarim yopiq va ochiq (dala) Tirlari bo’ladi. Tirda o’q otish marrasi bor, otish galereyasi, o’q otish zonasi (uzunligi o’q otish masofasiga teng), o’q qabul qilgich, yordamchi va o’quv binolari, qurol va patronlar omborlari bo’ladi. Tirda 10 metrdan 300 metr gacha masofada o’q otish mumkin. Shuningdek, pnevmatik yoki kichik kalibrli qurollardan o’q otiladigan attraktsion Tirlar ham bo’ladi.