TISHLI BIRIKMA

TISHLI BIRIKMA, shlisali birikma — ariqchalari (o’yiklari) va unga mos tishlari (chiqiqlari) bo’lgan ikki detal (val) birikmasi. Tishlarning shakliga qarab, to’g’ri yonli, evolventali, mayda tishli (uchburchak); ish sharoitiga ko’ra, qo’zg’aluvchan (sirpanuvchan) va qo’zg’almas xillarga bo’linadi. Tishli birikma avtomobil va stanoklarning uzatmalar qutisida, reduktor va boshqa mexanizmlarda ishlatiladi.