Eng buyuk portretchi kim?
Buyuk ispan musavviri Rodriges de Silva Velaskes (1599-1660) shogirdlik yillarini Sevilyada kechiradi. Italiyadaga sayohat va qirol kolleksiyasidagi Tisian chizgan portretlarni o’rganish imkoniyati keyinchalik uning uslubiga ulkan ta’sir o’tkazdi. Italiyadalik chog’ida u qirol Filipp IV topshirig’iga binoan Tisian chizgan portretlar, Tintoretto va Veroneze asarlarini sotib oladi. Filipp IV saroyida Velaskes asosan hukmdor oila a’zolarining, saroy ayonlarining, shu jumladan xos pakanalar va masxarabozlarning portretlarini yaratadi. Velaskes u yoki bu tarzda mutlaqiyat timsoli bilan bog’liq bo’lgan portretlar janriga, ya’ni bir tomondan, — suvoriylar portretiga, ikkinchi tomondan, – ovga chiqqanlar portretiga murojaat qiladi. Ayni chog’da u Ispaniya monarxiyasining avtoritarligi zaiflashayotganini aks ettiruvchi timsollarni yaratish asnosida talqin bobida ancha erkin bo’lib oladi. Filipp VI ning ot ustidagi portretida, bu narsa o’tmishda mazkur janrning majburiy sharti bo’lsa-da, imperatorning ulug’vorligini namoyon etishdan ongli ravishda atayin tiyiladi. Velaskesning «Meninlar»i shohqizi Margarita bilan birga xos xodimalari va saroyning boshqa ayonlarini, shu jumladan saroy rassomi libosida Velaskesning o’zini va timsollari ko’zguda akslangan qirol xizmatkorlarini aks ettiradi. Qirol xonadonining portreti bo’lmog’i nazarda tutilgan va qirol qirol dargohi uchun mo’ljallagan ushbu portret hayratangez bevositaligi tufayli imperiya hokimiyati bilan hech qanday mushtarak jihatga ega emas. Velaskesning bunda rassomchilik asboblari — mo’yqalam, bo’yoqlar, molbert bilan ishtirok etishi musavvirning ijodiy dahosiga nechog’li samimiy hurmat-e’tibor bilan munosabatda bo’lishganlaridan dalolat beradi.