EPSOMIT
EPSOMIT (ilk bor Epsom shahridagi mineral suvlardan ajratib olingan, nomi shundan) — achchiq tuz, sulfatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Myo[§04]7N20. Romb singoniyada kristallanadi. Kristallari prizmatik va ignasimon, rangi oq va rangsiz, shishadek yaltiraydi. Qattiqligi 2-2,5, zichligi 1,7 g/sm3. Mo’rt, suvda eriydi, ta’mi achchiqsho’r. Tarkibidagi magniy yuqori darajada bo’lgan sulfatli sho’r qo’llardagi namakob (Rapa)larning qurib kamayishi natijasida hosil bo’ladi. Epsomit galit, karnallit, kizerit, poligalit, angidrit bilan assotsiatsiyada uchraydi. Epsomit sun’iy yo’l bilan oson tayyorlanadi, undan tibbiyotda, to’qimachilik, qog’oz va kimyo sanoatida foydalaniladi. Epsomit Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Germaniya va AQSh dagi tuz konlarida mavjud. O’zbekistonning Samarqand viloyati va Janub viloyatlarida uchratish mumkin.