ERATOSFEN

ERATOSFEN (miloddan avvalgi taxminan 276, Kirena, hozirgi Liviya — 194, Aleksandriya, Misr) — qadimiy yunon olimi. Aleksandriya (Iskandariya) va Afina shahrilarida tahsil ko’rgan. Iskandariya kutubxonasining boshlig’i bo’lgan. Mat. fanida tub sonlarni topish usulini taklif etgan. Matematik geografiyaga asos solgan, jumladan, yer yuzining obod qismi (eykumena) ning xaritasini tuzgan. Birinchi bo’lib er meridiani yoyi uzunligini hisoblagan. Fanga «geografiya», «kenglik», «uzunlik» tushunchalarini kiritgan. Eratosfen xronologiya, astronomiya, tilshunoslik, falsafa va musiqa bilan ham shug’ullangan. Eratosfen asarlarining ayrim qismlarigina bizgacha yetib kelgan.