ERITRIN

ERITRIN (Yunoncha — qizil), kobalt gullari — arsenatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi So 3[A804]8N20. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangi pushtiqizil; tarkibidagi M§, sa, N1 miqdori oshishi bilan rangsizlanib oq ranggacha o’zgarib boradi. O’ta shaffof. Qattiqligi 1,5—2,5, zichligi 3-3,1 g/sm3. Mo’rt. Eritrin — kobalt va nikelkobaltli arsenidlarning va sulfoarsenidlarning nurash mahsuli. Oksidlanish jarayonida qora rangli kobaltning gidrooksidlari (geterogenit) ga aylanadi. Eritrin kobalt rudalarining darakchisi hisobanadi. Eritrin O’zbekistonda Toshqazgan grafit konida topilgan.