ERITROSITLAR
ERITROSITLAR (Yunoncha qizil va hujayra) — qizil qon tanachalari, qonning shaklli elementlari; tarkibidagi gemoglobin qonga qizil tus beradi. Eritrositlar, asosan, organizm bilan atrof muhit o’rtasidagi gazlar almashinuvini, ya’ni nafas olishni ta’minlaydi. Kislorodni o’pkadan organizmning barcha to’qimalariga yetkazib beradi. Eritrositlar qonning boshqa funktsiyalarida ham ishtirok etadi. Odam Eritrositlarining diametri 7-8 MK, qalinligi 2-2,5 MK, ikki tomoni botiq, yumaloq, yadrosiz hujayralardir. Ko’mikning mieloid to’qimalarida hosil bo’ladi. Sog’lom odamning 1 mlk qonida 4-5 mln. eritrosit bor; erkaklar qonining 1 mlk da 4,5—5 mln., ayollar qonining 1 mlk da esa 4-4,5 million Eritrositlar bo’ladi. Eritrositlar miqdori hamisha bir xil turmaydi, ba’zi fiziologik sharoitlarda, jismoniy ish vaqtida, baland joylarga chiqilganda, shuningdek, ayrim kasalliklarda ular miqdori o’zgaradi. Eritrositlar miqdorining ortib ketishi eritrositoz, kamayib ketishi esa eritropeniya deb ataladi.