ERLANGER JOZEF

ERLANGER JOZEF (1874.5.1, Sanfrantsisko — 1965.5.12, Missuri shtati) — amerikalik fiziolog, elektrofiziologiya asoschilaridan. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. Kaliforniya universitetini tugatgan (1895). Jons Xopkins universitetida (1900-06) ishlagan. Viskonsin shtati universiteti (1906— 10), Sent-Luis (Missuri) Vashington universiteti fiziologiya bo’limi boshlig’i va professor (1910-46). Erlanger elektron ossillograf yordamida nerv hujayralari va tolalaridagi bioelektrik hodisalarni o’rgangan, yuraktomir fiziologiyasi sohasiga munosib hissa qo’shgan; «yurak blokadasi» (miokard biror bo’lagining qo’zg’alishni o’tkazish xususiyatining yomonlashuvi yoki to’la yo’qolishi) tabiatini tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1944, hamkorlikda).