ERSTED XANS KRISTIAN
ERSTED XANS KRISTIAN (1777. 14.8, Rudkyobing 1851.9.3, Kopengagen) — daniyalik fizik, Daniya Qirollik jamiyati kotibi (1815 yildan). Kopengagen universitetini tugatgan (1797), shu universitet professor (1806 yildan) va Kopengagen politexnika maktabining direktori (1929 yildan). Ilmiy ishlari elektr, akustika, molekulyar fizika sohalariga oid. 1820 yilda Erstedning elektr tokining magnit miliga ta’sirini aniqlashga doir ishi fizikaning yangi sohasi — elektromagnetizmning yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. Termoelektr effektni qayta kashf qilgan (J. Fure bilan), birinchi Termoelementni yasagan. Magnit maydon kuchlanganligi birligi — Ersted uning nomi bilan ataladi.