TSAPFA
TSAPFA (nemischa Zapfen) — mashina, mexanizm, stanoklar o’qi yoki valining tayanch (masalan, podshipnik)larga tayanib turadigan qismi. O’q yoki val uchidagi Tsapfa turum, uchlariga yaqin yoki o’rta qismidagi Tsapfa bo’yin, tik valning pastki tomonidagi qismi tovon deb ataladi. Turum va bo’yinlar tsilindrik, konus va sferik shaklda, tovonlar halqasimon (bitta tayanch sirtli), ba’zan taroqsimon (bir tayanch sirtli) qilib yasaladi. Tsapfaning zarur shakl va o’lchamdan xiyol bo’lsa ham og’ishi mexanizmning ishiga salbiy ta’sir qiladi, shuning uchun u juda aniq qilib tayyorlanadi.