TSARLINO (ZARLINO) JOZEFFO

TSARLINO (ZARLINO) JOZEFFO (1517.22.4 – Venetsiya – 1590.14.2) italyan kompozitori, musiqa nazariyotchisi. SanMarko sobori kapellasi rahbari (1565 yildan). Venetsiya akademiyasining a’zosi. Diniy messa, motet, dunyoviy mazmundagi madrigallar muallifi. «Garmoniya qoidalari» (1558), «Garmoniya dalillari» (1571) va boshqalar asarlarida kontrapunkt (qat’iy uslub qoidalari), musika shakli (imitasiya, fuga va boshqalar) hamda garmoniya (akkord, major va minor nazariyasi) ta’limotlariga asos solgan.