YORK
YORK — Keyp-York yarim orolidagi burun, Avstraliya materigining eng chekka shimol nuqtasi (10°4G j.k. va 142°32′ shq.u.).
YORK — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. O’z daryosi sohilidagi port. Transport yo’llari tuguni. Aholisi 104 ming kishi (1999). Oziq-ovqat, oyna sanoati rivojlangan. Mashinasozlik, poligrafiya sanoati korxonalari bor. York 1-asrda rimliklar qal’asi sifatida yuzaga kelgan. 6-asrdan ingliz-sakslar qirolligi poytaxti, 735 yildan arxiepiskop qarorgohi. Universitet, Yorkshir muzeyi, badiiy galereya, muzey-saroylar bor. Rim va o’rta asr me’moriy yodgorliklaridan roman-gotika sobori (11 — 15-asrlar), saroy (13-asr), turar joylar saqlangan.