Syuita nima?
Dastlabki cholg’u asboblari asarlari qachonlardir raqs bo’lgan edi. Boshqacha aytganda, avvalboshda musiqa sadolari ostida faqatgina raqs tushishardi, ammo keyinchalik uni tinglash ham — zikr etilmish raqs tushishdan-da halovatliroq ekanligini anglab yetishdi. XVIII asrda faqat tinglash uchun mo’ljallangan musiqalar paydo bo’la boshlaydi. Bir necha sho’balar — raqslardan tarkib topuvchi bu asarlarni syuitalar deb atashardi. Tarjimasi «galma-gallik, qator» degan ma’nolarni anglatadi. Dastlab syuitaga to’rtta xilma-xil raqslar: allemanda, sarabanda, kuranta va jiga kirgan edi. Yaxlitlashtirish zidlashtirish tamoyili asosida amalga oshirilgan: sokin — shitobli. Zamon o’tishi bilan ular boshqalari — menuet, gavot, burre, rigodon bilan birlashtirila boshladi. Ba’zan esa syuitada umuman raqssiz chiqishlar — sarahborlar, ariyalar, kaprichchiolar paydo bo’ldi. Bular «qadimiy» deb ataladigan syuitalardir. Ularni XVIII asrning talay kompozitorlari bastalashgan. Ular orasida eng mashhurlari — Bax, Gendel — o’z asarlarini klavesin uchun bastalashgan. Keyinchalik, XIX asrda boshqacha tarzda zidlantirilgan fortepyano miniatyuralaridan tarkib topgan syuitalar tarhala boshladi. Bular, masalan, Shumanning «Karnaval»i yoxud Musorgskiyning «Sarbozordan lavhalar»i. Chaykovskiy syuitalari ham umuman raqssiz. Syuitalar ko’pincha operalar, baletlarning musiqalaridan, shuningdek teatr spektallari va kinofilmlarga musiqalardan tarkib toptiriladi. Aytaylik, Grigning «Per Gyunt»i va Shostakovichning «so’na»si shunday asarlar sirasiga kiradi.