Oratoriya nima?

Oratoriya — bu, XVII asr oxirlarida Rimda vujudga kelgan musiqaviy janr. U kaliso qoshidagi maxsus xonalarda Injil qiroati uchun to’plangan xudojo’y katoliklar orasida kurtak yozgandi. Bunday mutolaalar va va’zlar uchun musiqa jo’rligi majburiy edi. Xor, yakkaxon xonandalar va cholg’u asboblari ansambli dastasi uchun alohida ruhoniy asarlar — oratoriyalar shu tarzda vujudga keldi. Oratoriya lotinchadan tarjima qilinganda «xushkalomlik» degan ma’noni anglatadi. Keyinchalik, XVIII asrda mashhur olmon kompozitori Georg Fridrix Gendel cherkovnikidan farqli dunyoviy deb ataladigan oratoriyani, ya’ni kaliso ijrosi uchun emas, balki kontsert ijrosi uchun mo’ljallangan oratoriyani yaratadi. Ular, asosan mamlakat hayotidagi qandaydir ahamiyatli voqealarga bag’ishlangan edi.