YEVROPA

YEVROPA — Yupiterning ikkinchi tabiiy yo’ldoshi. G. Galiley 1610 yilda kashf etgan. Diametri taxminan 3000 kilometr, yulduz kattaligi 5.2 ga teng, Yupiterdan uzoqligi 671000 kilometr, Yupiter atrofida 3 sutka 13 soat 18 minutda to’liq aylanib chiqadi. Havo tiniq va oysiz kechalarda oddiy ko’z bilan ham kursa bo’ladi. Yevropa nomi berilgan kichik Sayyora ham bor.