YENGIL BETON

YENGIL BETON — quruq holatdagi hajmiy massasi 500-1800 kg/m3 bo’lgan beton. Tayyorlanishiga ko’ra, g’ovak to’ldirgichlar asosidagi tabiiy (mas, pemzobeton, tufobeton) va sun’iy (agloporit-beton, keramzit-beton va boshqalar); yirik g’ovakli va yacheykali xillarga; vazifasiga ko’ra, issiqlik izolyasiya, konstruktsion va konstruktsion-issiqlik izolyatsiyali xillarga bo’linadi. Yengil beton asosan bino va inshootlarning to’suvchi qurilmalarida qo’llaniladi.