YEVROPA VALYUTA BITIMI
YEVROPA VALYUTA BITIMI (European Monetary Agreement) — Evropa to’lov Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlarning valyuta munosabatlari, qisqa muddatli kreditlash va ko’p tomonlama o’zaro (hamkorlik) hisob-kitoblar bo’yicha hamkorlik bitimi. 1955 yil 5 avgustda tuzilib, 1958 yil dekabrda (1950 yilda tuzilgan Yevropa to’lov Ittifoqi tugatilib, unga a’zo bo’lgan ko’pgina mamlakatlarning valyutalari muomalaga kiritilgach) joriy etildi. Yevropa valyuta bitimining maqsadi ko’p tomonlama hisob-kitob ishlarini bajarish orqali iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish edi. 1973 yilga kelib, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida bo’lgan Yevropa valyuta hamkorligi fondi tashkil etildi. Yevropa valyuta hamkorligi fondiga direktorlar kengashi rahbarlik qiladi. Hisob-kitob ishlarini Bazeldagi xalqaro bank bajaradi.