YEVTIDEM
YEVTIDEM (miloddan avvalgi 3-asr 2-yarmi) — Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (miloddan avvalgi 230 yildan). Asli kichik Osiyoning Magnesiya shahridan. Dastlab (miloddan avvalgi taxminan 250 yildan) salavkiylardan ajrab chiqqan Sug’d podshosi Diodotni taxtdan ag’dargach (miloddan avvalgi 230 yil), Yunon-Baqtriya podshosi. Miloddan avvalgi taxminan 230— 220 yillarda ko’chmanchi saklar, toxarlar, qonqalar tazyiqi ostida Sug’dni tashlab Baqtrata ko’chib o’tgan. Sug’d miloddan avvalgi 206 yildan so’ng ko’chmanchilar ta’siriga o’tgan. Miloddan avvalgi 208 yil Salavkiylar podshosi Antiox III Turon satrapliklarini qaytarib olishga harakat qilgan. U Ox (Tajan) daryosi etaklarida, Marg’iyona hududida Yevtidem suvoriylarini tor-mor keltirib, Zariaspa shahri (hozirgi Balx) ni qamal qilgan. Tarixchi Polibiyning xabar berishicha, bu «tarixiy qamal» 2 yil davom etgan. Yevtidem ko’chmanchilarni yordamga chaqiraman deb po’pisa qilgandan keyingina Antiox, qamalni bo’shatgan. Miloddan avvalgi 206 yilda tuzilgan sulhga ko’ra, Antiox III E.ning shoxligini tan olgan. Yunon-Baqtriya podsholigining eng kuchaygan davri Yevtidem va uning o’g’li Demetriy I hukmronligi davriga to’g’ri kelgan. Yevtidem ellinistik tipdagi tangalarni Sug’dda zarb ettirgan dastlabki podshoh edi. O’rta Osiyo hududidan Yevtidemning Sug’d, Baqtriyada zarb etgan tangalari ko’plab topilgan. Faxriddin Hasanov.