YETTI YILLIK URUSH

YETTI YILLIK URUSH (1756- 63) -Avstriya, Frantsiya, Rossiya, Ispaniya, Saksoniya va Shvetsiya bilan Prussiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya o’rtasida bo’lgan urush. Angliya va Frantsiyaning o’zga hududlar uchun kurashi hamda Prussiya siyosiy manfaatlarining Avstriya, Frantsiya va Rossiya manfaatlari bilan to’qnashuvi tufayli kelib chiqqan. 1761 yilda Prussiya halokat yoqasida edi, ammo yangi rus shohi Pyotr III u bilan sulh tuzgan (1762) (Yekaterina II uni bekor qilgan, birok, urushni davom ettirmagan). Shiddatli kurashlar mustamlakalarda va dengizda ham sodir bo’lgan. Prussiya Gubertusburg sulhi (1763) ga asosan, Avstriya va Saksoniya bilan Sileziyani o’ziga qo’shib olgan. Parij tinchlik bitimi (1763) ga asosan, Frantsiyadan Buyuk Britaniyaga Kanada, Sharqiy Luiziana, frantsuzlarning Hindistondagi mulklarining ko’p qismi o’tgan. Yetti yillik urushning asosiy natijasi — Buyuk Britaniyaning Frantsiya ustidan mustamlaka va savdo sohasidagi kurashda qozongan g’alabasi bo’lgan.